O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI
 
Bosh sahifa Yangiliklar Virtual yuridik klinika Elektron kutubxona Tayanch oliygoh

Foydalanuvchi

Sayt statistikasi

  • Saytdan foydalanuvchilar

    Ayni paytda saytda:   39   kishi

  • Top reyting

So'nggi yangiliklar

Toshkent davlat yuridik institutida Ingliz tili (umumkasbiy) fanidan Talabalar Respublika fan olimpiadasi o`tkazildi
17.05.2012 16:46:36
True

14-15-may kunlari Toshkent davlat yuridik institutida Ingliz tili (umumkasbiy) fanidan Talabalar Respublika fan olimpiadasi o`tkazildi. 13-may kuni barcha ishtirokchilar va ularning rahbarlari ro`yxatga olindilar. Olimpiadada ishtirok etish uchun Respublikamizning barcha viloyatlaridan 52 ta talaba o`z rahbarlari bilan tashrif buyurdilar.

14-may kuni talabalar birinchi va ikkinchi tur topshiriqlarini bajardilar. 15-may kuni Olimpiadaning uchinchi va to`rtinchi turlari bo`lib o`tdi.  To`rt tur natijalari bo`yicha sovrinli o`rinlarga quyidagi talabalar ega bo`ldilar:

Birinchi o`rin –TDYI talabasi Inoyatullayev S.X.

Ikkinchi o`rin – TMI talabasi Tursunov M.S.

Uchinchi o`rin – JIDU talabasi Komolov R.R.

Olimpiada g’oliblari diplom va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Barcha olimpiada ishtirokchilari va ularning rahbarlariga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

Olimpiadaning yopilish marosimi TDYI talabalar turar joyida bo`lib o`tdi. Barcha olimpiada ishtirokchilari, mehmonlar va tashkiliy guruh uchun badiiy kecha va osh tashkil etildi.

Подробнее


“Til va adabiyotga o'rgatish tizimida o'quv-metodik majmualarni yaratish muammolari”mavzusidagi an’anaviy respublika seminar - kengashi
17.05.2012 11:45:47
True
280

2012-yil 11-may soat 1000da Toshkent davlat yuridik institutida rus tili, xorijiy tillar va o'zbek tili kafedralari bilan birgalikda “Til va adabiyotga urgatish tizimida o'quv metodik majmualarni yaratish muammolari” mavzusidagi an’anaviy respublika seminar - kengashi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bagishlandi.

Seminar ishida Respublika oliy o'quv yurtlari, akademlitsey, kollejlarida til va adabiyot o'qitishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi. Tilni o’rgatishdan maqsad o'quvchilarda turli kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish va shakllantirishdir. Xususan, seminarda o'quv metodik majmualarni yaratish masalalari ko'rib chiqildi, chunki o'zining mohiyatiga ko'ra, o'rgatish tizimining modeli hisoblanadi. Majmua - bu tartibga solingan va bir biriga uzviy bog'liq bo'lgan o'quv darslikdir.   Majmuaning har bir komponenti asosiy va ikkinchi darajali masalalarga ega bo'lib, mazmuni va leksik-grammatik materiallariga ko'ra dasturga mos keladi va bir-birini to'ldiradi. Majmuaning fundamentini dastur tashkil qilib, tilni o'rgatishning lisoniy, nutqiy va  kommunikativ mazmuniga ega. O'quv-metodik majmuada tilga o'rgatishning maqsad va vazifalari, bilim, ko'nikma va malakalarga bo'lgan talablar, o’qitishning  mavzulari va o'qitish doirasi, faol o'rganish uchun taxminiy leksika, minimallashtirilgan grammatik material o'z aksini topishi kerak.

Seminar – kengashida O'zbekiston va Qozog'iston respublikalari oliy o'quv yurti, akademik litsey va kollejlarining yetakchi olimlari, metodist hamda o'qituvchilari ishtirok etishdi. P.f.d., V.I.Andriyanova, f.f.n., prof. M.Jusupov, p.f.d., prof. T.Q.Sattarov, p.f.d., prof. D.O'.Xoshimova va boshqa mutaxassislar so'zga chiqib, bahs – munozarada qatnashdi.

Seminar – kengashi materiallari «Проблема создания учебно-методического комплекса в системе обучения языкам и литературе» to'plamida chop etildi va tadbir kuni ishtirokchilarga taqdim etildi.

Подробнее
 

O'zbekiston yangiliklari

Fri, 18 May 2012 16:40:51 GMT

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi musobaqalari va “Happy Caravan” xalqaro turniri boshlandi.

Fri, 18 May 2012 16:30:05 GMT

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan” xalqaro turniri boshlandi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbirlari musobaqa ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatlashdi.

So'nggi nashrlar

 

Hamma maydonlar to'ldirilishi shart

 


Agar da ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz marxamat